Mutko RFPLda ishtirok etuvchi futbolchida doping borligini yashirgan

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2016, 17:20
ARD telekanali Rossiya sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko RFPL jamoasida to'p tepuvchi futbolchida doping topilganligi haqidagi ma'lumotni yashirganini isbotlab bermoqchi.

Bu haqidagi videofilm 8 iyun kuni Germaniyada namoyish etiladi. Ushbu ko'rsatuvda doping mojarolari tufayli bir umrga chetlatilgan mutaxassislar o'z faoliyatini davom ettirayotgani ham ko'rsatiladi.

Mavsum oxirida "Rostov"ning 11 futbolchisi doping-testdan o'tgan edi va ularning hammasida salbiy natija qayd etilgan (doping yo'q).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Telegraph