Mustaqillik Kubogi. "Oq-tepa-2" chorak finalga yo'l oldi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2016, 11:17
Toshkent shahar futbol federatsiyasining ananaviy "Mustaqillik Kubogi" musobaqasi start oldi.

16ta jamoa ishtirokida boshlangan musobaqaning nimchorak final uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Xususan, kecha "Oq-tepa-2" o'z maydonida "Chilonzor"ni qabul qilib, gollarga boy uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozondi va chorak finalga yo'l oldi.

Bugun bo'lib o'tadigan uchrashuvlardan keyin chorak finalning barcha ishtirokchilari aniqlanadi. 22 avgust, dushanba kuni esa, chorak final o'yinlariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

MUSTAQILLIK KUBOGI - 2016
OQ-TEPA-2 - CHILONZOR - 3:2
19 avgust. "Oq-tepa" stadioni.
"Oq-tepa-2":
Abdulloh Anormatov, Sarvarjon Abdurahmonov, Doston Abdumannonov, Mirzoir Mirqosimov, Islom Fayzullaev, Miron Bogomolov, Ilyosjon Burliev, Yusuf Ahmadjonov, Mirjalol Mirzaahmedov, Aziz Alimjonov, Jahongir Ismoilov.  
Zaxiradagilar: Islom Bekmirzaev, Sharifjon Umarov, Ilhom Rahmedov, Habibulloh Akbarov.
Gollar: Islom Fayzullaev (2ta), Yusuf Ahmadjonov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia