Mustafo Bayramov: So'nggi daqiqada gol o'tkazish alamli

Narzulla Saydullayev
12 sen 2014
So'g'diyona - Navbahor (5:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Mustafo Bayramov o'z fikrlarini bildirdi.
- Yigitlar bugun yaxshi o'ynashdi. So'nggi daqiqada gol o'tkazib yubordik, bu albatta alamli. Jizzaxliklarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Keying uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz, - deydi Bayramov.

- Shahboz Erkinovning bugungi ko'rsatgan o'yini haqida…


- Shahboz bugun yaxshi harakat qildi va yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana bildi.

- Bosh murabbiyning yo'qligi ham jamoaga ta’sir ko'rsatdimi?


- Albatta. Baxtiyor bilan telefon orqali xabarlashganimizda, u g'alaba qozonishimiz kerakligini takidlagandi. Biroq uning o'zi bugun shu yerda bo'lganida boshqacha natija ham bo'lishi mumkin edi.

- Ushbu mavsumda jamoaning maqsadi qanday?


- Olti-ettinchi o'rinlar uchun kurashish. Kelasi yilga jamoa oldiga umuman boshqa vazifalar qo'yiladi.

video

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz