Mustafining otasi: "Real" o'g'limga qiziqyapti"

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2015, 19:47
"Real" murabbiylar shtabi "Valensiya" himoyachisi Shkordan Mustafiga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda futbolchining otasi ma'lum qildi.

"Bu borada "Real" bilan telefon orqali suhbatlashdik. "Real" - katta muvaffaqiyatlarga erishgan buyuk klub. O'g'lim "Real"ga o'tsa undan juda ham faxrlangan bo'lardim" - deydi Mustafining otasi.

"Ayni damda tatildaman, ammo "Real" menga qiziqish bildirganidan xursand bo'ldim. Demak, men mavsum davomida yaxshi harakat qildim" - deydi Mustafining o'zi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com