Mussa Dembele terma jamoadagi faoliyatini to'xtatib turishga qaror qildi

"Guanjou Fuli" yarim himoyachisi Mussa Dembele Belgiya termasidagi faoliyatini hozircha to'xtatdi.

"Roberto Martines bilan suhbatlashdim. Oilam endi Guanjouda yashamoqda, Xitoy esa Belgiyadan ancha uzoqda. E'tiborimni Xitoy Superligasidagi o'yinlarga qaratmoqchiman. Shuning uchun ayni vaqtda Belgiya terma jamoasida o'ynashni rejalarimga kiritmayapman", - deydi Dembele.


32 yoshli Dembele Belgiya termasi safida 2006 yilda debyut qilgan va jami 80 o'yinda 5 ta gol qayd etgan. 


Manba: 2016.sina.cn