Mussa Dembele "Lion"dan uni "Atletiko"ga qo'yib yuborishlarini so'ramoqda

Alisher
6 iyul 2021, 09:52
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele jamoa yangi bosh murabbiyi Peter Bosning loyihasida ishtirok etishni xohlamayapti va klubdan uni "Atletiko"ga qo'yib yuborishlarini so'ramoqda.

Futbolchi rahbariyatga Madridning "Atletiko" klubiga to'laqonli o'tishni xohlayotganini ma'lum qildi, Dembele aynan ispan klubida so'nggi yarim yil davomida ijara asosida o'ynagan edi.

"Lion" sport direktori Junino Pernambukano Mussa Dembele Memfis Depay "Barselona"ga ketganidan so'ng francuz klubining hujumdagi yangi yetakchisi bo'lishini aytdi, ammo futbolchi Fransiyada qolmoqchi emasligini rahbariyatga bildirdi.

"Atletiko" forvardni to'laqonli asosda xarid qilishga qarshi emas, ammo ayni damda transfer narxining pasaytirilishi borasida muzokaralar olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Progres