Murodjon Ismoilov: “Maqsadim Farg'ona futbolining salohiyatini tiklash”

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2014, 08:34
Murodjon Ismoilov “Neftchi” bosh murabbiyi sifatida tanishtirilganidan keyin futbolchilarga quyidagilarni aytib o'tdi:
- Avvalo barchangizni yangi yil bilan tabriklayman. Yangi mavsum barchamizga omadli kelsin. 2014 yilda jamoa oldiga sovrindor bo'lish vazifasi qo'yilgan. Klub rahbariyati buning uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Bizdan talab etiladigani g'alaba qozonishdir. Buning uchun birinchi navbatda barcha jisplashishi lozim. Mashg'ulotlarda tinimsiz mehnat qilishimiz darkor. Oldimizga qo'yilgan vazifani uddalash uchun ko'plab qiyinchiliklarni engib o'tishimizga to'g'ri keladi. Mening maqsadim Farg'ona futbolining salohiyatini tiklash va terma jamoalarga o'yinchilar etkazib berish. Barchangizga omad tilayman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz