Murodullo Xudoyorovni qutlaymiz!

Narzulla Saydullayev
16 may 2016, 13:18
Bugun Navoiy viloyat futbol federatsiyasi vice-prezidenti Murodullo Xudoyorov o'zining qutlug' oltmish yoshini qarshilamoqda.

Ko'p yillar Navoiyning Zarafshon futbol klubini boshqargan, o'zbek futboli taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan bu insonni muxlislarimiz yaxshi tanishadi va bilishadi. Oxirgi paytda Navoiy viloyat futbol federatsiyasida  faoliyat ko'rsatib kelayotgan Murodullo aka Xudoyorovni tavallud ayyomlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

Qizilqum PFK mamuriyati va jamoa a'zolari hamda muxlislar nomidanu kishiga uzoq umr, mustahkam sog'lik tilaymiz.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia