Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"ning tarixiy golini urdi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2018
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida hisobni mehmonlar ochishdi.

Bugunga qadar "Qo'qon-1912" "Lokomotiv"ga qarshi Toshkentda uchta o'yin o'tkazib umuman gol ura olmagan edi.

Murod Xolmuhammedovning goli "Qo'qon-1912" uchun ushbu jamoa darvozasiga urilgan safardagi birinchi gol bo'ldi.


2015 yil
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 1:0

2016 yil
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 4:0

2017 yil
"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 3:0


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia