Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912" rekordchisiga aylana oladimi?

Narzulla Saydullayev
31 avg 2020, 17:42
"Qo'qon-1912" Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi bahsda 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

O'yindagi yagona golni qo'qonliklar himoyachisi Murod Xolmuhammedov penaltidan urdi. Shunday qilib himoyachi "Qo'qon-1912" safida O'zbekiston chempionatida o'zining 33-golini urdi va klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida uchinchi o'ringa chiqib oldi.

"Qo'qon-1912" tarkibida chempionat doirasida 40ta gol urgan Muhiddin Abduvaliev bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. Ikkinchi o'rindagi Soli Qurbonov hisobida 34ta gol mavjud.

Hozir o'ynayotgan futbolchilardan Suhrob Berdiev ro'yxatda 7-o'rinda bormoqda.

"Qo'qon-1912" tarkibida O'zbekiston chempionatida eng ko'p gol urgan futbolchilar:
1.Muhiddin Abduvaliev 40
2.Soli Qurbonov 34
3.Murod Xolmuhammedov 33
4.Rustam Abdullaev 32
5.Oydinbek Aliev 30
6.Zohid Nurmatov 29
7.Suhrob Berdiev 25
8.Nosir Otaqo'ziev 24


Sizningcha Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"da gol urish bo'yicha birinchi o'ringa chiqa oladimi?


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia