Jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan Murod Toshmatov Antaliyadagi yig'in borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ayni vaqtda Antaliyadagi yig'inda mashg'ulotlarga kirishib ketdik. Hozircha hammasi yaxshi va ko'ngildagidek ketmoqda. Jamoa bilan shartnoma imzoladim. "Metallurg"ga kirishib ketish borasida hech qanday muammo bo'lmadi.
Bu klub allaqachon bir-birini tushunib o'ynaydigan jamoaga aylanib ulgurgan. Har kuni ikki marotabadan mashg'ulot olib borayapmiz. Kunning birinchi yarmidagi mashg'ulotlar asosan jismoniy holatni oshirishga qaratilmoqda va ikkinchi yarmida esa to'p bilan ishlash va texnikaga katta e'tibor qaratilmoqda.
Yangi mavsumda "Metallurg" bilan chempionatda ijobiy natijalarni qayd etmoqchimiz. Bu yo'lda xorij yig'inining xizmati katta bo'ladi", - deya aytib o'tadi Murod Toshmatov.