Murod Rizaev Superliganing 1-turi haqida qanday fikrda?

Narzulla Saydullayev
22 fev 2018, 16:01
Superliga 1-tur juftliklari orasida qaysi to'qnashuvlar siz uchun qiziqroq? Shu savol bilan “Sport” TV sharhlovchilariga ham yuzlandik.

Murod Rizaev (futbol sharhlovchisi):

1 mart (payshanba)
Neftchi – Nasaf
Qizilqum – Lokomotiv

1 mart kungi o'yinlardan Neftchi – Nasaf to'qnashuvi qiziqarliroq bo'lsa kerak. “Nasaf” OCHL 2-turida zafar quchdi. “Neftchi” o'z maydonida mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlashga va muxlislarni xursand qilishga intiladi.

2 mart (juma)
Paxtakor – So'g'diyona
Metallurg – Navbahor

2 mart kungi o'yinlardan Metallurg – Navbahor o'yini tanlagan bo'lardim. Bekobod jamoasida o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Ikkita teng kuchli jamoalar.

3 mart (shanba)
Buxoro – Qo'qon-1912
Bunyodkor – AGMK

3 martda Bunyodkor – AGMK o'yini shaxsan o'zimni ham qiziqtirmoqda. Ikkala jamoada qanday o'zgarishlar bo'lgani haqida ma'lumot beradigan o'yin. Barcha futbol muxlislarini yangi mavsum boshlanayotgani bilan tabriklayman!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: СПОРТ ТВнинг телеграмдаги расмий канали