

Andijon shahridagi Sog'lom avlod stadionida muxlislar vodiy derbisiga guvoh bo'ladi. PRO-Liga vakili Andijon o'z maydonida Superliga klubi Navbahor jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv kech soat 20:00da boshlanadi. O'yin Sport telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.
Bo'lajak vodiy derbisini taniqli sharhlovchi Murod Rizaev sharhlab boradigan bo'ldi.
Sport teleradiokomapaniyasining ko'chma televizion stanciyasi kecha Andijon shahriga yetib keldi.




