Murod Ismoilov Neftchiga qaytdi

Narzulla Saydullayev
17 may 2016
Kuni-kecha Qo'qon-1912 bosh murabbiyligidan iste'foga chiqishga qaror qilgan Murod Ismoilov sobiq jamoasiga qaytdi.

So'nggi ikki yilni farg'onaliklar bilan o'tkazgan Murod Muzaffarovich bugundan yana Neftchida ish boshlagan. Endilikda 47 yoshli mutaxassis bosh murabbiy Andrey Fyodorovga yaqindan yordam beradi.

Shuni ham qo'shimcha qilish joizki, murrabiylar shtabida rokirovka yuz berdi. Yoshlar jamoasi murabbiyi Bahrom Haydarov endilikda asosiy tarkibda Fyodorovga yordam beradi. Uning ishini yoshlar jamoasida Asad Do'rmonov davom ettiradigan bo'ldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia