Murod ISMOILOV ("Paxtakor") bosh murabbiyi: - Mag'lubiyatlardan keyin o'zimizni tiklab olishimiz uchun bir g'alaba zarur edi. Bugun ko'proq yoshlaga ishonch bildirdik. Shuningdek, jahon chempionatidan qaytib kelgan bazi futbolchilarni ro'yxatga kiritdik. Ular esa ishonchni oqlashdi.
"Guliston" tarkibida ham muammolar yuzaga kelgani bois bugun hisob yirik ko'rinish oldi deb o'ylayman. Endi yarim finalda ijobiy natija qayd etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishga intilamiz.
Ikkinchi davra arafasida tarkibimizda bazi o'zgarishlar bo'ladi. Kimlardir jamoadan ketadi, ularning o'rnini boshqalar to'ldiradi. Bu haqida yaqin kunlarda jamoa saytida ma'lumot beriladi. Umid qilamanki, mavsumning ikkinchi yarmida ishqibozlar ishonchini oqlaymiz.