Murod Bobojonov: “Durang bo'ladigan kun ekan”

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2016
Oliy liga 13-tur doirasidagi “Neftchi” – “Nasaf” (2:2) bahsidan so'ng farg'onaliklar hujumchisi Murod Bobojonov o'yin borasida intervyu berdi.

- Qiyin uchrashuv bo'ldi. “Nasaf” jamoasini mag'lub etishimiz ham mumkin edi. Biroq yakunda omad biz tarafda bo'lmadi va g'alabani boy berdik. Xar ikkala jamoa ham uch ochko uchun juda jiddiy kurashdi. “Nasaf”ga qarshi bellashuvda jamoadoshlarim borini berib, qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Lekin baribir durang natija bo'lishi nasib qilgan ekan. Amalga oshirilmagan penalti borasida nima deyish mumkin? Balki penaltidan gol urganimizda keyinroq qarshiliklar uchinchi javob to'pini ham kiritishlari mumkin edi. Xullas, durang bo'ladigan kun ekan, - deya ta'kidladi “Neftchi” hujumchisi.

- To'g'risi bahs so'nggida oyog'imda og'riq his qildim. Shuning uchun murabbiyda meni almashtirishni so'radim. Shu o'rinda bizni “Istiqlol” stadionda qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman, - dedi Murod Bobojonov “Neftchi” matbuot xizmati bergan intervyusida.

Hojiakbar Jabborov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia