Murabbiy futbolchilarga o'yinni tahlil qilib berayotganida 93 marta so'kindi

Aslanov Jasurbek
25 okt 2016, 14:46
Internetda Rossiyaning ikkinchi darajali ligasi ishtirokchisi "Volgar" bosh murabbiyi Yuriy Gazzaev shogirdlariga o'yinni tahlil qilib berayotganida, deyarli har gapida so'kingani aks etgan video paydo bo'ldi.

Taxminlarga ko'ra, ushbu video 2015/16 mavsumning o'rtalarida suratga olingan. Mutaxassis futbolchilarga tushuntirish o'tayotib 93 marotaba so'kinishga ulgurdi. Ushbu video Spartak83 nomli "Tvitter" foydalanuvchisi tomonidan ijtimoiy tarmoqqa yuklangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com