
Ushbu uchrashuv Lokomotiv stadionidagi 2014 yildagi dastlabkisi bo'ladi.
Ushbu o'yin oldidan Lokomotiv uy maydonida mavsum ochilishiga bag'ishlagan tadbir bo'lib o'tadi. Marosimda el suygan Munisa Rizaeva, Ulug'bek Raxmatullaev, Shukrullo Isroilov, Shuxrat Vohidov kabi sanatkorlar ishtirok etishadi. Tantanali ochilish marosimi soat 15:15dan boshlanadi. Barcha futbol muxlislarini ushbu tadbir va futbol uchrashuviga taklif etamiz.