Mundialdan keyin Ispaniya termasi bosh murabbiyi o'zgarishi mumkin

Mirjalol Normatov
14 iyun 2018, 12:28
“Express” nashri xabariga ko'ra, Rossiyadagi mundialdan keyin Rafael Benites Ispaniya termasi bosh murabbiyi bo'ladi.

Kecha Ispaniya milliy termasida bosh murabbiy o'zgarganidan xabaringiz bor. Xulen Lopetegi o'rniga Fernando Yerro termani mundialga boshlab tushishi ma'lum qilindi.

Manbaga qaraganda, "Nyukasl"ustozi hozirda Ispaniya futbol federatsiyasi e'tiborida turibdi. Agarda mundialda yomon natija ko'rsatadigan bo'lsa, aynan u turnirdan keyin terma boshqaruvini o'z qo'liga oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express