Mundialdagi hakamlik Busakkani qoniqtiryapti

7 iyul 2014, 20:48
FIFA Hakamlar qo'mitasi raisi Massimo Busakka jahon chempionatidagi hakamlikdan qoniqayotganini aytib o'tdi.
Yaxshi bilasiz, shveytsariyalik Busakka o'z vaqtida FIFA referisi bo'lgan va e'tiborga molik bir qator uchrashuvlarni boshqargan.

“Jahon chempionatini 25ta hakamlar brigadasi bilan boshlagandik, - deydi Massimo Busakka. - Hozirgi kunga kelib 15ta brigadaga javob berib yubordik va eng kuchlilarni Braziliyada olib qoldik. Mana shu qolganlar orasidan yarim final, final va uchinchi o'rin uchun kechadigan o'yinlarni boshqaradigan hakamlarni aniqlab olamiz”.

“Shu o'rinda men jahon birinchiligida ishlagan barcha hakamlarga FIFA nomidan o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. To'g'ri, xatolar, bahsli vaziyatlar kuzatildi, biroq umuman olganda referilarning ishi bizni qoniqtirdi. O'ylaymanki, hakamlar uchrashuv natijasiga jiddiy ta’sir ko'rsatishgani yo'q”.

Manba: championat.asia