Muhsin Nizomiddinov: "Bir marta hakam to'g'risida gapirganman, boshqa bu haqda og'iz ochmayman"

Оқил Абдубарноев
8 avg 2023, 22:19
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan “Mashal” - “Qo'qon-1912” (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida...

- Guvohi bo'lganingizdek, muxlislarga manzur keladigan o'yin bo'ldi. Ikki xil taym ko'rdik. O'yin avvalida qiyinchilikka duch kelishimizni bilardik. Ob-havo ham bugun yaxshi tusga kirdi. Raqib jamoada murabbiy o'zgardi. Asror Aliqulov tajribali murabbiy sanaladi. Shunga qaramay, o'ylagan niyatimizga etdik. 

- Hakamlarga qanday baho bera olasiz?

- Bir marta hakamlar to'g'risida gapirganman, boshqa bu haqda og'iz ochmayman. Ular hali yosh, bugun xatoga yo'l qo'yishdi, deb o'ylamayman. Ehtimol, qaysidir epizodda yanglishgan bo'lishi mumkin. 

- Zaxiradan maydonga tushirgan shogirdingizni yana zaxiraga oldingiz, buni boisi nimada?

- Bu holat avvalgi o'yinlarda ham sodir bo'lgan. Isoqjonovning jarohati bor, u oyog'idan ukol olib, maydonga chiqmoqda. Jarohat uning to'laqonli harakatlanishiga imkon bermadi. Shu sabab almashtirdik. Uning o'rniga tushirilgan Beshimov ham yaxshi taassurot qoldirdi. 

- Bugun darvozabonga ko'p etiroz bildirdingiz...

- Unday emas. Bizda ikkita bir xil darajadagi darvozabon bor. Posbonimizning ham jarohati mavjud edi, uni almashtirmadik. Shunga qaramay, o'z qo'rg'onini munosib qo'riqladi. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia