Muhammad Salah: Birinchi o'yinda maydonga tushishim aniq emas

10 iyun 2018, 23:50
Misr termasi yetakchisi JCHning birinchi o'yinida maydonga tushish yoki tushmasligi borasida fikr bildirdi.

- Elkam yaxshi bo'lib borayotganini his qilyapman. Ammo birinchi o'yinda maydonga tushishim aniq emas.

- Jahon Chempionatida Misr terma jamoasining istiqbolini qanday ko'ryapsiz?

- Bu haqda gapirishga erta. Biroq juda ham xursandman. Biz uchun chegara yo'q.

Ma'lumot uchun Misr mundial guruh bosqichida Urugvay, Rossiya hamda Saudiya Arabistoni bilan bir guruhda kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express