Mudrik "Chelsi"dagi birinchi goli haqida: "Tepganimda hech nimani o'ylamadim"

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 15:49
"Chelsi" vingeri Mixail Mudrik London klubidagi ilk goli haqida gapirdi.

Futbolchi "Brayton"ga (4:3) qarshi o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qildi.

"Bu juda yoqdi. To'pni darvozaga tepayotganimda hech nimani o'ylamadim. Mashg'ulotlarda bunday zarbalar borasida ko'p ishlayman. Barchasi mashg'ulotlar samarasi.

Nikolas Jekson bilan o'zaro tushunish? Bu endi birinchi o'yin edi holos", - dedi Mudrik.

"Chelsi" AQSHdagi turne doirasida "Nyukasl", "Fulxem" va "Borussiya" D jamoalariga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal