

Bu yil Pro-ligada ishtirok etadigan Muborakning Mashal jamoasi ayni damda o'z qarorgohida mashg'ulot o'tkazmoqda. Gazchilar yakshanba kuni Pro-liganing boshqa bir ishtirokchisi Sho'rtan bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Muborakdagi B.Vafoev nomli stadionda kechgan voha derbisida kuchlar keldi. Eyotiborlisi Asror Aliqulov ham qisqa muddat ichida G'uzorda raqobatbardosh jamoa shakllantirishga erishgandek. Har xolda Muborakda Mashal bilan durang qayd etish ham oson ish emas. Yana kim biladi deysiz? Qolgani rasmiy bahslar boshlanganida ko'ramiz. Darvoqe, Sho'rtan matbuot xizmatining saytimizga xabar berishicha, jamoa bu yilgi Pro-ligada ishtirok etish uchun 40 000 000 so'm badal pulini PFLning hisob raqamiga o'tkazib bergan.
Nazorat uchrashuvi.
Mashal - Sho'rtan 1:1 (0:0)
Mashal: Rahimjon Davronov, Shoxjahon Qilichev, Xusniddin Aliqulov, Zafar Akromov, Doniyor Umarov, Bobur Qosimov, Axror Inoyatov, Maqsud Mahmudov, Akrom Bahritdinov, Vohid Shodiev, Oybek Jo'raev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Doston To'xtaboev, Sardor Rahmonov, Mirzakamol Kamolov, Sardor Abduraimov, Shahzod Ubaydullaev, Xumoyun Murtazoev.
Sho'rtan: Alibek Turobov, Jamol Otaqulov, Muhammadali Aliqulov, Obid Jo'raboev, Nurali Padarov, Olim Karimov, Shamsiddin Sagdullaev, Maruf Murodov, Islom Boysariev, Jasur Xolto'raev, Muhammadali Abdurahmonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Xolmurod Xolmurodov, Akrom Bahromov, Kenja To'raev, G'ulom Rahmonov, Mo'minjon Meliev, Nurbek Yo'ldoshev.
Gollar: Zafar Akromov. Kenja To'raev.
Ma'lumot uchun, Mashal chempionatning dastlabki turini safarda Andijonga qarshi boshlasa, Sho'rtan 1-turda o'z maydonida Xorazmni qabul qiladi.




