

"Lokomotiv" a'zosi Marat Bikmaev bugun bo'lib o'tgan mashg'ulotlarni faqatgina kuzatish bilan cheklandi. Ma'lum bo'lishicha, u shamollab qolgan.
Aziz Haydarov esa jarohati sababli mashg'ulotlarda qatnashmayapti. Uning qachon umumiy guruhga qo'shilishi hozircha noma'lum.
Kuni kecha o'zining visol oqshomini o'tkazgan Eldor Suyunov esa ertadan mashg'ulotlarga qo'shiladi.



