Mozes: "Konte "Chelsi"ga kelgan va barchasi o'zgargan edi"

Alisher
18 may 2020, 15:45
"Inter" vingeri Viktor Mozes klub bosh murabbiyi Antonio Konte haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"U mening ustozim va do'stim. Men ko'plab murabbiylar qo'l ostida o'ynaganman va ularning barchasi yoqadi. Ulardan eng muhimi esa Antonio Kontedir.

U "Chelsi"ga kelgan va barchasi o'zgargan edi. U ajoyib inson va to'g'risini aytishi kerak, u mening o'yinimni to'liq o'zgartirgan. Men uning qo'l ostida ajoyib mavsum o'tkazganman va bu uchun undan doim minnatdorman.

Antonio meni qo'llab-quvvatladi va o'zimga bo'lgan ishonchimni qaytardi. Men ham munosib bo'ldim", - deydi Mozes.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail