Moyze Kin "Yuve"ga qaytmagani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 16:20
PSJda ijara asosida o'ynayotgan "Everton" forvardi Moyze Kin nima sababdan "Yuventus"ga qaytmaganini aytdi.

Eslatib o'tamiz, forvard ushbu mavsumni ijara asosida PSJda o'tkazadi.

"Bu haqiqat, "Yuventus"ga qaytishim ham mumkin edi. Biroq oilam bilan birgalikda Liga 1'da o'ynash borasida qarorga keldik. Parijda ko'p bo'lganman, bu yerda qarindoshlarim yashaydi.

Bundan fantastik darajada tajriba olishga umid qilaman. Yoshman, top-forvardlar bilan birga o'ynash menga yoqadi. Ulardan nimalarnidir o'rganib, men ham yuqori marralarga erishishim mumkin", - dedi Kin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal