Moyes Masuakuning raqibga tupurgani haqida: "Bu jirkanch ish, u jazolanadi"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2018, 18:48
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes "Uigan"ga qarshi bahsda (1:2) ishtirok etgan himoyachi Artur Masuakuning o'zini tutishini tanqid qildi.

Futbolchi raqib jamoa a'zosi Nik Pauellga tupurdi va qizil kartochka oldi.

"Artur qilgan ish, jirkanchlik. U jazolanadi. Buni qabul qilib bo'lmaydi. Masuaku - yaxshi yigit va bunday harakatlar unga mos emas. Ammo bu ish uchun jazolash kerak" - deydi Moyes.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia