

"11 yildan ortiq vaqt mobaynida "Everton"da ishlaganman. Klubdan ketganimda jamoa kuchli va o'z uslubiga ega edi. Premer-liga sovriniga kurashish uchun bizga hujumchi yetishmagan. Jamoada Mikel Arteta, Stiven Pienaar, Leyton Beyns, Sheymus Koulman, Silven Disten, Fil Jagelka bor edi. O'sha paytda kuchli klub bo'lganmiz" - deydi Moyes.
Devid 2002-2013 yillarda "Everton"ni boshqargan.



