Moxammed Salax ham Angliya chempionati oltin medallarini oladi

Aziz Tukhtamuradov
15 may 2015
Chelsi bosh murabbiy Joze Mourinyo Andre Shyurrledan so'ng Moxammed Salaxga ham taklifnoma sifatida xabar yubordi.
"Seni sovrin va medal olib, bayramni birga nishonlash uchun taklif qilamiz. Sening Italiyadagi muvaffaqiyatlaringdan mamnunman", - deb yozadi Mourinyo.

APL medali  ligada kamida 5 ta o'yinda maydonga tushgan futbolchiga beriladi. Shu sababli misrlik futbolchi ham Angliya oltin medallari bilan taqdirlanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru