Moutino "Portu"ga qaytishga yaqin

13 apr 2016, 22:10
Fransiyaning "Monako" jamoasi futbolchisi Joau Moutino faoliyatini eski joyida davom ettirishi mumkin.


"Portu" prezidenti Jorje Pintu da Koshta Moutinoni ortga qaytarishni istamoqda. Futbolchi 3 yil ilgari aynan "Portu"dan "Monako"ga o'tgandi.

Fransiyaliklar futbolchini katta maosh olayotgani sababli qo'yib yuborishlari mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Moutino "Monako"da yiliga 3,5 million evro oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola