Mourinyuning yordamchisi: “Sendan bir umrga minnatdorman”

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2021
“Tottenxem” va “Roma”da Joze Mourinyuning murabbiylar shtabida ishlagan Joau Sakramentu Rim klubini tark etishini aytdi.

U bosh murabbiy sifatida faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda.

“2021 yil janob Joze Mourinyu bilan o'tkazilgan 2 yillik davrning o'z nihoyasiga yetishi bilan yakunlandi, bundan faxrlanaman. Sen bilan ishlash orzuim edi. Sendan bir umrga minnatdorman, janob! Eng yaxshi tilaklarni tilayman!”, deya yozgan o'z sahifasiga 32 yoshli Sakramentu.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/joaosacramento_official