Mourinyudan yana o'zgacha harakatlar. U mashg'ulotga qanday keldi?

Mirjalol Normatov
22 may 2020
"Sky Sports" nashri jurnalistlari "Tottenxem" mashg'ulotlariga tashrif buyurishdi va g'alati holatning guvohi bo'lishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu mashg'ulotga velosipedda tashrif buyurdi. Quvnoq qiyofadagi portugaliyalikning kechagi mashg'uloti ham qiziqarli o'tdi.

- Janob Joze, nima sababdan velosipedda keldingiz?
- Faoliyatim davomida nima uchun jahldor bo'lganimni bilmay yurgandim. Chunki biror marta velosiped haydamagan ekanman, - deb javob berdi murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports