Mourinyu yana hakamlikdan norozi

10 iyul 2020, 08:53
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Bornmut”ga qarshi bahsda Harri Keyn jarima maydoni ichida yiqitilganda hakam penalti belgilamaganidan noroziligini bildirdi.

“Hakamlik borasida gapirishim kerakmasligini hamma biladi. Maydonda juda yaxshi harakat qilmagan bo'lishimiz mumkin, ammo bu g'alaba qozonish uchun etarli edi. “Sheffild” bilan bo'lgan o'yindagi kabi o'sha hakam VAR’da o'tirib yana penalti bermadi. Bu - Maykl Oliver. Hamma biladi, o'shanda penalti bor edi. Bu faqat mening fikrim emas. Men Keyn har doim penaltidan gol uradi demoqchi emasman, ammo uning samaradorlik koefficienti juda yuqori. Biz raqibni 5-daqiqadayoq 1:0 hisobida mag'lub etayotgan bo'lishimiz mumkin edi. O'shanda o'yin boshqacha kechgan bo'lardi”, - deydi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Manba: Eurosport