Mourinyu vadasining ustidan chiqib, shogirdiga katta go'sht bo'lagini olib berdi

Eldor Akmurzayev
24 noya 2020, 19:40
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu himoyachi Serxio Regilon bilan birga rasmga tushib, unga quyidagicha izoh qoldirdi:

“Vadaga vafo. Bu menga 500 funtga tushdi, ammo vadamni bajardim”, deya yozgan mutaxassis.

Joze shogirdi bilan nima bo'yicha bahs boylashgani esa aniqlik emas. Taxminlarga ko'ra, bu “shporlar”ning APL 9-turida “Man Siti”ni mag'lub etishi yoki darvoza dahlsizligini (2:0 hisobi bilan) saqlab qolishi yo bo'lmasa mazkur uchrashuvdan keyin chempionat jadvalida peshqadamlik qilishi bilan bog'liq deya hisoblanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/josemourinho