Mourinyu "Tottenxem" rahbariyatidan markaziy himoyachi sotib olishni talab qildi

27 fev 2020, 01:55
Portugaliyalik mutaxassis Kulibalini o'z jamoasi safida ko'rishni xohlamoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Napoli" markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. London klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub rahbariyatidan senegallik himoyachini xarid qilishni talab qilgan. Mutaxassis yozda jamoani tark etadigan Yan Vertongenning o'rnini Kulibali bilan to'ldirmoqchi.

Xabar qilinishicha, "Tottenxem" allaqachon Kulibali uchun 90 million funtlik taklif yuborgan. Ammo neapolliklar himoyachini jamoada olib qolishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, markaziy himoyachi A Seriyaning joriy mavsumida 15 o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports