Mourinyu: "Tottenxem" kambek qiladigan jamoa emas"

Mirjalol Normatov
23 fev 2020, 12:36
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu APL doirasida "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Futbolchilarim bilan fahrlanaman. Ular borlarini berishdi. Hujumchisiz o'ynadik. Hujumkor yarim himoyachilar esa aslo hujumchi bo'la olmaydi. Shu boisdan bugungi vazifamiz qiyin edi. Bugun "Tottenxem" kambek qila oladigan darajada emasdi. Hozircha taktikada muammolar yo'q. Shunchaki ayrim individual xatolar tufayli gollar o'tkazib yuboryapmiz.

Vaziyatlardan foydalanish uchun bizga o'yin dinamikasini o'qib, tezkorlik bilan harakatlana oladigan futbolchi kerak. Juda ko'p o'yin o'tkazayotgan futbolchilar charchashdi, jarohatlanganlarning o'rni yaqqol bilinmoqda. Agarda raqibga tezroq gol urganimizda biroz tartibli o'yin ko'rsatardik. Juda kech gol urdik, navbatdagisi uchun esa vaqt yetmadi", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ireportnews.com