Mourinyu: "Taqvimga yana bir qarasam, depressiya bo'lib, yiqilishim aniq"

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 11:11
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning taqvimidan mamnun emas.

Gap shundaki, portugaliyalik boshqaruvidagi jamoa 22 kun ichida 9 o'yin o'tkazishi kerak.

"Agarda taqvimga yana bir bor qarasam depressiya bo'lib, yiqilishim aniq. Har bir o'yinga futbolchilar yuqori kayfiyatda borishini istayman. Futbolchilarni yig'ib ularga kim 9 o'yinning barchasini 90 daqiqa o'ynay olishini so'radim. Biror futbolchi bizga ijobiy javob bermadi. Bu shunchaki ilojsiz.

Menga qiziq tomoni shundaki, taqvimni kim tuzadi? Bunday narsalarga kim e'tibor qaratadi? Ular ayrim o'yinlarimizda yoshlar jamoamiz bilan o'ynashimizni istayaptimi?", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail