Mourinyu Shomurodovni tanqid qildi

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2022, 07:40
Italiya chempionati 21-turidan o'rin olgan “Roma” – “Yuventus” (3:4) bahsidan keyin mezbonlar ustozi Joze Mourinyu o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Aniq bir futbolchini tanqid qilishni xohlamayman, ammo buni qilishim kerak. 70 daqiqa davomida juda yaxshi o'ynadik, mutlaq ustunlik. Biroq, keyin ular psixologik tomondan sinishdi.

Feliksning o'rniga zaxiradan tushgan futbolchi (Eldor Shomurodov) darrov xatolarga yo'l qo'yishni boshladi. “Yuventus”ning ikkinchi goli esa bizni yakson qildi. Kuchli mentalitetga ega jamoa bunday vaziyatda muammoaga duch kelmaydi, aksincha nazorat etishda davom etadi. Ammo bu jamoa psixologik tomondan zaif. U top raqiblarni yutolmaydi.

Yigitlarga psixologik ta’sir o'tkazishimni emas, menga quloq solishlari kerakligini uqtirgandim“, deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov 71-daqiqada hisob 3:2 bo'lib turganida Feliks Afena-Gyanning o'rniga maydonga tushdi. Bir daqiqa o'tar-o'tmas Deyan Kulusevski muvozanatni tiklagan bo'lsa, 77-daqiqada Mattia De Shilo turinliklarga irodali g'alaba keltirdi – 4:3!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia