Mourinyu Puchni "Roma"da ko'rmoqchi

Alisher
16 okt 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Puch 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 15 million evroga baholamoqda.

"Roma" A Seriyada 7 turdan so'ng 15 ochko jamg'argan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: sport.es