Mourinyu: "Pedri menda "Barselona"dan ko'ra ko'proq taassurot qoldirdi"

Tolibjon Qosimov
27 noya 2024, 19:26
Kecha tunda YCHL 5-turi doirasida "Barselona" jamoasi "Brest"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Bellashuvdan keyin Joze Mourinyu bazi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun Pedri menda "Barselona"dan ko'ra ko'proq taassurot qoldirdi. U ajoyib o'yinchi va menga Inestani eslatmoqda. U to'pga sehrgarlarcha teginadi. U - "Barselona" uchun ulkan xarid va jamoaning kaliti. Bu yosh futbolchi jamoaning kelajagi. Umid qilamanki, u jarohat olmaydi.

Levandovski Chempionlar ligasida o'zining 100-golini urdi va endi Ronaldu va Messi bilan bir stulda o'tiribdi. Uni bu bilan tabriklayman. "Barselona" guruh bosqichidan keyinni ham o'ylashi lozim, chunki oldindagi bosqichlar jamoaning zaif nuqtasidir. Ammo, Flik kabi murabbiy bilan men ularni finalga chiqa oladi deb o'ylayman", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bein Sport TR