

Portugaliyalik mutaxassis agar hozirda biror puli ko'p klubda ishlayotganida, Osimxenni sotib olgan bo'lishini tan oldi.
Nigeriya terma jamoasi a'zosi kecha Rim klubiga qarshi o'yinda o'zining 14-golini urdi va bu boradagi natijasini yaxshilab qo'ydi. U raqib darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qildi.
Maradona nomidagi o'yingohda "Napoli" va "Roma" o'rtasidagi bahs 2:1 hisobida yakun topdi. O'yindan keyinki matbuot anjumanida Mourinyudan Osimxen haqida so'rashdi, u esa:
"U Drogba bilan bir xil darajada.
Agar Viktor o'zgarsa, hammasi yanada yaxshi bo'ladi. Agar puli ko'p klubda bo'lganimda, uni sotib olardim. Bir kun kelib Angliyaga yo'l olsa, u o'zgarishi kerak.
Men unga ajoyib gol urganini aytdim. Uning goli fantastik edi, mavsum boshida uchrashganimizda ham xuddi shunday qilgan edi", – deya javob berdi mutaxassis.



