Mourinyu: "Mbappe - dunyoning eng qimmat futbolchisi"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019, 10:23
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Joze Mourinyu PSJ forvardi Kilian Mbappeni dunyoning eng qimmat futbolchisi deb atadi.

"U besh yoki o'n yildan so'ng kim bo'lishini aytish muhim emas. Qarang, hozir u juda kuchli.

Agar iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo'lsak, yosh muhim, bu borada Mbappe - ayni damda dunyoning eng qimmat futbolchisi. Agar uni biror klub sotib olsa, bu jahonning eng yirik transferi bo'ladi" - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Joriy mavsum Mbappe Liga 1ning 23ta o'yinida 26ta gol urib, 10ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports