Mourinyu mavsum tiklanishini istamayotgan APL murabbiylarini tanqid qildi

Eldor Akmurzayev
14 may 2020, 19:20
Chorshanba kuni, Angliya Premer-ligasi murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi, unda mavsumni qayta tiklash bo'yicha masalalar muhokama qilingan.

“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu chempionat boshlanishiga qarshi bo'lgan hamkasblarga quyidagicha javob qaytargan:

“Agar o'ynashni xohlamasangiz, uyda qoling va Bundesligani ko'ring!”

Qayd etilishicha, Pep Gvardiola, Frenk Lempard, Nayjel Pirson va Grem Potterlar yaqin orada maydonga qaytishdan xavotirga tushishmoqda.

Joze Mourinyudan tashqari Karlo Anchelotti va Yurgen Klopp ham mavsum tiklanishi tarafdori bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk