

“Inter” va “Yuventus”ga qarshi o'yinlarda to'rt ochko qo'lga kiritdik, ammo “Udineze” va “Atalanta”ga qarshi o'yinlarda muhim ochkolarni boy berdik. Hozirgi ko'rsatkichlarimizni o'tgan yilgi bilan solishtiradigan bo'lsak, farq unchalik katta emas. Biroq o'zgarishlar bor: masalan, “Atalanta”ga uchralgan mag'lubiyatda biz raqibga qaraganda ustunlikka erishganimizni his qildik. O'tgan mavsumda biz har tomonlama mag'lub bo'lishimiz mumkin edi, hozir esa yutqazgan yoki durang o'ynaganimizda ham munosib futbol ko'rsatayapmiz", - dedi portugaliyalik murabbiy Yevropa ligasi doirasida "Betis"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida.



