Mourinyu: "Eldorni gol urmagani uchun tanqid qila olmayman"

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu A Seriya 14-turi doirasidagi "Sassuolo" bilan bahsdan so'ng (1:1) jamoasi hujumchilari haqida fikr bildirdi.

Jumladan, O'zbekiston terma jamoasi forvardi Eldor Shomurodov haqida ham gapirdi.



"Birinchi bo'limda Shomurodov yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak edi. Temmi? Men hujumchilarning gol urish imkoniyatlarini baholamoqchi emasman. Eldorni gol urmagani uchun tanqid qila olmayman, chunki u boshqa vaziyatlarda qo'ldan kelgancha harakat qildi.

Belotti haqida nimadir deya olmayman, chunki u hali jamoaga moslashishi kerak", – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov kechagi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada Temmi Abraxam bilan almashtirildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia