Mourinyoning fikricha, u APLning eng intizomli murabbiyi sovriniga loyiq

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning takidlashicha, u Angliya Premer-ligasi o'yinlarida o'zini yaxshi tutgan murabbiy sovriniga munosib.

"Bu mavsum maydon chetida o'zini hammadan yaxshi tutgan murabbiyga beriladigan sovrinni yutmoqchiman. Jiddiy aytyapman!

Ko'plab sovrinlar mavjud - oy murabbiyi, oy futbolchisi va boshqalar. Ular maydon chetida intizomli bo'lgan yigitga sovrin berishlari kerak va so'rovnomada zaxira hakamlari ishtirok etishi lozim.

Bu sovrin meniki bladi. Rostdan! "Sautgempton"ga qarshi bahsdagi qizil kartochkani hisobga olmasak, maydon chetidagi to'rtinchi hakamga birorta muammo tug'dirganim yo'q.

Ideal emasman, ammo harakat qilyapman va hozirgi holatdan mamnunman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports