Mourinyo Vudvord borasidagi xabarni rad qildi va "Brayton"ga qarshi bahsda MYU yomon o'ynaganini tan oldi

Mirjalol Normatov
24 avg 2018, 23:26
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning 3-turi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin ijrochi direktor Ed Vudvord bilan orasida hech qanday nizo yo'qligini ma'lum qildi.

"Vudvord bilan munosabatlarim juda yaxshi. U bilan muammolar yo'q. Menimcha bo'lmagan ham.

Jamoamning o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, "Lester"ga qarshi bahsda yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik. "Brayton"ga qarshi o'yinda juda yomon o'yin ko'rsatdik va mag'lub bo'ldik. "Tottenxem"ga qarshi o'yinda esa chiroyli o'yin ko'rsatib, g'olib bo'lmoqchimiz", - dedi portugaliyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror