Mourinyo va Konte o'rtasida so'zlar jangi boshlandi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Chelsi" ustozi Antoni Kontening u haqida aytgan so'zlariga javob berdi.

Oldinroq, portugaliyalik mutaxassis o'yin payti o'zini xotirjam tutishi haqida gapirayotib, quyidagi gapni aytgan edi: "Agar maydon chetida o'zimni masharabozdek tutmasam, futbolga bo'lgan hislarim yo'qolgan bo'ladimi?". Ingliz OAV Mourinyo bu gapni Kontega ishorib qilib aytganini taxmin qilishdi. Italiyalik mutaxassis  bu gapga javob berishga ham ulgurdi: "U avvalgi Mourinyoga boqsin, balki Joze o'zi haqida gapirgandir?".

"Bu hikoyani yakunlash uchun bir narsa deya olaman: Ha, avval maydon chetida turib xatolar qilganman. Xatolarni kamaytirishga urinyapman. Men bilan sodir bo'lmagan va bo'lmaydigan yagona narsa bu - kelishilgan uchrashuvlar uchun diskvalifikaciyadir" - deydi Mourinyo.

2012/13 mavsumda, "Yuventus" bosh murabbiyi sifatida ishlagan Konte 2011 yil kelishilgan bahs haqida ma'lum qilmagani uchun 4 oyga diskvalifikaciya qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal