Mourinyo "Tottenxem"ga PSJ yulduzini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2021, 10:36
PSJ vingeri Anxel Di Mariya "Tottenxem" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, argentinalikning transferini "shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning o'zi qiziqish bildirmoqda. Uning PSJ bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi. Hozircha 32 yoshli vinger kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.

Ushbu mavsumda Di Mariya 20 o'yinda 3 gol va 7 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes